Bugun Toşkentda bölib ötayotgan 29-Osiyo çempionati çorak final bahslariga start berildi. Uni birinçi bölib 56 kgli boksçilar özbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va butanlik Dorji Nima juftligi boşlab berişdi.
Murodjon Ahmadaliyev ustunligida ötgan bahs ikkinçi raundda töxtatildi. Bunga butanlik boksçining kuçli zarbalardan söng ikkinçi marotaba nokdaun holatiga tuşgani hamda murabbiylari öyinni töxtatişga qaror qilgani sabab böldi.
Endilikda, Murodjon Ahmadaliyev uşbu vazn toifasining navbatdagi juftligi koreyalik Han Yonghun va indoneziyalik Makarave Simon bahsi ğolibi bilan uçraşadi.












