Saudiya Arabistoni valiahd örinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmonning sözlariga köra, Eronning "islom olami ustidan hukmronlik qiliş" istagi uning Saudiya Arabistoni bilan muloqotni yölga qöyişiga tösqinlik qilmoqda.

"Eronning pozitsiyasi quyidagiça - imom Mahdiy keladi,  uning kelişiga tegişli şaroit yaratilişi kerak hamda ular islom ahli ustidan hukmronlik qilişi kerak", - dedi saudiyalik nufuzli siyosatçi mahalliy MBC telekanaliga bergan intervyusida ikki mamlakat örtasida aloqalar yölga qöyilişi borasidagi savolga javob berar ekan. Twitter'da intervyudan parçalar joylandi. 

Eron va Saudiya örtasidagi kelişmovçiliklar 2011 yilda Yaqin Şarq mintaqasida "arab bahori" boşlangan vaqtda yanada kuçaydi - unda Tehron şia kuçlarini, Ar-Riyod esa sunniylarni qöllab-quvvatladi. 

2016 yil boşida Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalariga çek qöydi. Bunga Uning Eron şaharlaridagi diplomatik missiyalariga uyuştirilgan hujumlar sabab bölgan.