Bugun Toşkent şahrida Kinematografiyani rivojlantiriş markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. «Özbekkino» MA direktori örinbosari Nizom Mahmudov hamda markaz direktori Oybek Abduşukurov tantanali oçiliş marosining an'anaviy qizil lentasini kesişdi. Marosim kinoijodkorlar, kinoşunoslar, xususiy kinostudiyalar rahbarlari va OAV xodimlari iştirokida bölib ötdi.

Marosimdan söng markazning taşkil etilişi, uning maqsad va vazifalari  haqida batafsil ma'lumot beriş uçun matbuot anjumani taşkillaştirildi. Unda Markaz direktori Oybek Abduşukurov markazning kelgusidagi faoliyati va rejalari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Markazning yaqin vaqtda amalga oşiradigan rejalari:

Kinossenariylar va filmlarni örganiş va tahlil qiliş böyiça markaz qoşida yetuk dramaturglar, rejissyorlar, kinoşunoslar, kinoprokatçilar va boşqa mutaxassislardan maslahat kengaşini tuziş, Kengaş tavsiyalari asosida kinoloyihalarni işlab çiqiş;

Markaz a'zoligiga kiruvçi kinostudiyalar tomonidan kinoloyihalarni amalga oşiriş uçun moliyaviy manbalarni, xususan homiylik mablağlarini, moliya taşkilotlarning kreditlarini, davlat subsidiyalari va grantlarini hamda xorijiy investitsiyalarni  jalb qiliş;

kinoloyihalar (tanlangan ssenariylar) asosida filmlar işlab çiqariş uçun ijodiy guruhlar tarkibini şakllantiriş va Markazga a'zo kinostudiyalarni qöllab-quvvatlaş;

tanlovlar taşkil etiş (körik-tanlovlari, kastinglar ötkaziş) orqali respublikamizdagi yoş iste'dodlarni kaşf etiş va ularning zaxirasini şakllantiriş, mahoratli va professional ijodkorlar töğrisida ma'lumotlar bazasini yaratiş, ularga markaz yoki boşqa kinostudiyalar kinoloyihalarida iştirok etişiga kömaklaşiş;

xorijiy mutaxassislar iştirokida kino sohasiga oid mahorat darslari taşkil etiş;

markaz a'zoligiga kiruvçi  nodavlat kinostudiyalari tomonidan yaratiladigan filmlarning ijtimoiy ahamiyatini oşirişga erişiş va ularning prokatdagi istiqbolini ta'minlaş maqsadida kinossenariylarni, tayyorlangan filmlarni monitoring qiliş va boşqa zaruriy tavsiyalar berib borilişini ta'minlaş;