Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani çorşanba kuni Pokistonga taşrif bilan boriş böyiça taklifni rad etdi.
"Men Islomobod bizga Mozori-Şarif, Kobul Amerika universiteti va Kandahordagi teraktlar ijroçilarini topşirmaguniga qadar Pokistonga bormayman", - deya Ğanining sözlarini keltiradi Afğonistonning Geo News telekanali. Afğoniston rahbari Kobulda Pokiston delegatsiyalaridan biri bilan uçraşuv davomida ulardan “uning hududida bor bölgan “Tolibon” harakati jangarilariga qarşi aniq çora-tadbirlar”ni talab qilgan.
Pokiston rahbariyati va harbiy qömondonligi bu borada heç qanday izoh bermadi. Öz navbatida, Islomobod Afğonistonni mamlakatda yuz bergan sönggi yirik terrorçilik hujumlariga aynan uning hududida tayyorgarlik körilgani va amalga oşirilganligida ayblamoqda.












