Amerikaning Apple korporatsiyasi AQŞda texnologiyalar sohasida iş örinlarini yaratiş maqsadida jamğarma taşkil etadi, unga 1 mlrd. AQŞ dollari miqdorida mablağ kiritiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk CNBC telekompaniyasi jurnalistlariga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Biz AQŞda texnologiya sohasida iş örinlarini köpaytiriş niyatidamiz. Şuni mamnuniyat bilan xabar qilamanki, texnologik işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun jamğarma taşkil etayapmiz. Avvaliga unga 1 mlrd. dollar mablağ kiritiladi", - degan Kuk. 

Uning aytişiça, Apple vakillari körsatilgan fonddan mablağ oladigan kompaniyalar bilan maslahatlaşuvlar ötkazgan. Gap aniq qaysi firmalar haqida ketayotgani noma'lum. Tadbirkorning işontirişiça, bu sohada yangi iş örinlarini yaratiş boşqa sohalarning rivojiga ham turtki beradi. Bularning bari, Kukning sözlariga qaraganda, iqtisodiyot uçun uzoq muddatli ijobiy effekt keltiradi.

Apple 1976 yilda taşkil etilgan bölib, iPhone smartfonlari, MacBook noutbuklari, iMac kompyuterlari, şuningdek köplab boşqa texnika işlab çiqaradi. Korporatsiyaning bozordagi qiymati 750 mlrd. dollarga teng.