Janubiy Qozoğiston viloyatidan Özbekistonga "Döstlik karvoni" keldi, deb ma'lum qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.
Özbekistonga Qozoğistondan kelgan 50 oqsoqol qozoq jamoat arbobi Tole bining Toşkentdagi qabrini ziyorat qilişadi, Amir Temur va Yalangtöş Bahodirning Samarqanddagi maqbaralari, Buxorodagi Bahouddin Naqşbandiy me'moriy majmuasi bilan tanişadilar.
"Döstlik karovoni" vakillari Özbekistondagi Baynalmilal madaniyat markazi, qozoq madaniyat markazi va boşqa tarixiy-madaniy markazlarga taşrif buyurib, u yerda mahalliy aholi bilan uçraşadilar.
Uşbu tadbir Qozoğiston xalqi assambleyasi va Özbekiston Baynalmilal madaniyat markazi örtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oşirilmoqda. Bu memorandum Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mart oyida Qozoğistonga rasmiy taşrifi davomida imzolangandi.
Memorandumda ikki davlat örtasida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ta'limiy, ilmiy va axborot sohalarida hamkorlik, xalq diplomatiyasini mustahkamlaş va rivojlantiriş hamda ikki xalqni yaqinlaştiriş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.












