Ukraina poytaxti Kiyev şahrining Obolon tuman sudida mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçning davlatga xiyonat qilişi işi yuzasidan sud jarayoni boşlandi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.

Yiğilişni boş sudya Vladislav Devyatko oçib bergan. Payşanba kuni işni bundan buyon asosiy masala böyiça körib çiqiş haqida qaror qabul qilinişi lozim.

TASS ma'lumotiga köra, sud Yanukoviçga yiğilişda videoaloqa şaklida iştirok etişga ruxsat bergan.

Sud 18 mayga qadar tanaffus e'lon qildi, unga qadar jarayonda ayblanuvçining iştiroki taşkil etilişi lozim, deb xabar bermoqda RIA Novosti

Ukraina sobiq prezidenti davlatga xiyonat, Ukraina hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qiliş, tajovuzkor harbiy harakatlarni olib borişda ayblanmoqda.

Ma'lumot uçun, Yanukoviç Ukraina prezidenti lavozimini 2010-2014 yillar davomida egallagan. U Yevromaydon – Kiyev va boşqa şaharlardagi ommaviy norozilik namoyişlaridan söng mamlakatni tark etdi. Namoyişlarda 106 nafar inson halok bölgani aytilgan. 

Avvalroq Interpol Yanukoviç va uning öğli haqidagi ma'lumotlarni öçirib taşlagani haqida xabarlar tarqaldi.