Joriy yilning 4-6 may kunlari “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi aviataşuvlar böyiça öz xizmatlari va mamlakatimiz turistik salohiyatini turizm sohasidagi eng maşhur xalqaro körgazmalardan biri – Singapurdagi «Silk road with the focus on Uzbekistan»da taqdim etadi.
Joriy yildagi körgazmada "Özbekiston havo yöllari" MAK va "Aveson Travel" hamda "Uzbekistan Holidays" turistik agentliklari vakillari qatnaşadi.
Körgazmada Özbekiston milliy stendi taqdim etiladi, unda reklama mahsulotlari, milliy aviataşuvçi faoliyati haqidagi axborot materiallari, aviakompaniya parvozlari jadvali böladi hamda körgazmaning özidayoq Özbekistonga turpaketlarni sotiş imkoniyati ham yaratiladi.












