Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumçisi Per-Emerik Obameyang mavsum yakunida «PSJ»ga ötişi oydinlaşmoqda.
Bild xabariga köra, 27 yoşli gabonlik futbolçi parijliklar jamoasi sport direktori Patrik Klyuyvert bilan uçraşgan şaxsiy şartnoma borasida kelişib olgan. Unga köra, futbolçining yillik maoşi miqdori 14 million yevroni taşkil etadi.
Obameyang «PSJ»ga ötişi haqida Germaniya Kubogi finali doirasida «Borussiya» va Frankfurtning «Ayntraxt» jamoalari örtasida 27 may kuni bölib ötadigan öyindan keyin rasman ma'lum qilinişi kutilmoqda.












