Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Toşkent şahridagi xalqaro aeroportga Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomini beriş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli "Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida"gi qarorining bajarilişini ta'minlaş hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oşiriş, şuningdek, Toşkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini tubdan yaxşilaş maqsadida:
1. "Toşkent" xalqaro aeroporti" davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin.
2. Toşkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oşiriş hamda yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini tubdan yaxşilaşga doir kompleks çora-tadbirlar dasturining har tomonlama tayyorlanişini va asoslanişini ta'minlaş maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Maxsus komissiya taşkil etilsin.
3. Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov "Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasi, Davlat bojxona qömitasi, Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat çegaralarini himoya qiluvçi qömitasi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Toşkent şahri hokimligi bilan birgalikda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oşirilişini ta'minlaydigan Kompleks çora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda işlab çiqsin va tasdiqlaş uçun taqdim etsin:
rejim-qöriqlaş çora-tadbirlari tizimlarini takomillaştiriş, şuningdek, aeroportda zamonaviy, şu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş hisobiga yölovçilarning bojxona, çegara va immigratsiya tartibotlaridan ötiş vaqtini qisqartiriş;
mavjud tarkibni tanqidiy tahlil qiliş hamda bojxona, çegara va immigratsiya xizmatlari, içki işlar organlari va aeroportda xizmat körsatiş infratuzilmasi xodimlari barça toifalarini tanlaşga nisbatan talabçanlikni oşiriş, ular tomonidan xizmat vakolatlarining har qanday tarzda suiiste'mol qilinişining oldini oliş va ularga barham beriş;
poytaxtga va respublikaga keladigan yölovçilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat körsatişning yuqori darajasini ta'minlaş, Özbekistonning boş havo bandargohida özbek xalqiga qadimdan xos bölgan samimiy iltifot va mehmondöstlik muhitini yaratiş;












