Özining qörqinçli va triller janrida yozilgan romanlari bilan maşhur amerikalik yozuvçi Stiven Kingning fikriça, AQŞning hozirgi prezidenti Donald Tramp yadro qurollarini boşqara olişi har qanday asaridan dahşatliroqdir. U Twitter sahifasida şunday fikrni qoldirdi.
"Bu yigitning (Tramp) barmoği qizil nuqtaçada ekani men yozgan har qanday qörqinçli asarlardan qörqinçliroqdir", - deyiladi xabarda. "Trampning ilk yuz kunda yozgan tvitlari uning şaxsiyati qay darajada ekanini namoyiş etadi", - deb yozadi yozuvçi.
Ta'kidlaş lozim, King respublikaçi prezidentni birinçi marta tanqid qilayotgani yöq. U prezidentlik saylovidan avval ham Trampning saylanişiga yöl qöymaslikni sörab petitsiyaga imzo çekkan 450 nafar amerikalik yozuvçilardan biri bölgandi.












