Boks böyiça Osiyo çempionati yarim final öyinlarining keçki bahslari start oldi. 

Unda 49 kg.gaça vazn toifasidagi jangda özbekistonlik boksçi Hasanboy Dösmatov Hindiston vakili Amitga qarşi ringga çiqdi. 

Dösmatovning töliq ustunligida ötgan jangda barça hakamlar bir ovozdan özbekistonlik boksçi ğalaba qozonganini qayd qilişdi. 

Özbekiston vakili finalda filippinlik Ladon Rogenni mağlub qilgan möğulistonlik Ganghuyak Gan Erdinga qarşi ringga çiqadi.