IŞID terrorçilik taşkiloti AQŞ tomondan yaratilgan va uning quroli hisoblanadi. Vaşington nomiga bunday ayblovlar bilan Afğonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay çiqdi.

Karzay AQŞning Fox News telekanaliga bergan intervyusida IŞID mintaqada u yerda AQŞ harbiylari bölganda vujudga kelganiga e'tibor qaratdi.

Bundan taşqari, Karzayning fikriça, AQŞ terrorçilar tomondan Afğoniston va Pokiston çegarasida nazorat qilinuvçi hududlarga yuklar taşlab, ularni moliyalaştiradi.  

Karzay AQŞning yaqinda Afğonistondagi terrorçilar tunnellariga öta kuçli bomba bilan zarba berganini ham tanqid qildi. Uning aytişiça, zarba berilişidan avval terrorçilar öz pozitsiyalarini tark etib bölganlar. Bu esa ular hujumdan ogohlantirilgan bölişlari mumkinligidan darak beradi.

"IŞID u yerdan köpçilik odamlarini olib çiqib ketgan, barçasi oldindan muvofiqlaştirilgan bölgan", deb ta'kidlab ötdi Karzay. 

Afğonistonning birinçi demokratik saylangan prezidenti deb ataladigan va AQŞning sobiq prezidenti Kiçik Jorj Buş ma'muriyati tomondan qöllab-quvvatlangan Karzay endilikda AQŞni keskin tanqid qilib keladi. Uning fikriça, AQŞ Afğonistondan özining "harbiy öyinçoqlarini" sinaş poligoni sifatida foydalanadi.