Toşkentning «Bunyodkor» klubi boş direktori Baxtiyor Boboyev ortidan jamoa boş murabbiyi Sergey Luşçan ham lavozimini tark etdi.
«Bunyodkor» FK murabbiylar ştabida özgariş yuz berdi.
Jamoaning Osiyo Çempionlar ligasi va oliy liga bahslarida qayd etayotgan natijalari yaxşi emasdi. Natijada, Sergey Luşçan öz arizasiga köra, egallab turgan lavozimini tark etdi. U «Bunyodkor» boş murabbiyi sifatida 122ta uçraşuv ötkazdi. Şularning 63tasida ğalaba, 27tasida durang va 32tasida mağlubiyat qayd etdi. Sergey Ivanoviç keyingi faoliyatini «Bunyodkor» futbol maktabida davom ettiradigan bölib turibdi.
Sergey Luşçan bilan uning yordamçisi Muhiddin Ortiqov ham asosiy jamoani tark etdi», deyilgan klub matbuot xizmati xabarida.












