Hindiston massasi tonnagaça keladigan yadroviy jangovar zaryadni 2 ming km dan uzoqroqqa elta oladigan Agni-II ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Bu haqda Hindistonning mudofaa tadqiqotlari va işlanmalari taşkiloti ma'lum qildi.

Taşkilot ma'lumotlariga köra, "yer-yer" sinfidagi ikki poğonali raketa uçirilişi mahalliy vaqt bilan soat 10:24da Bengal körfazidagi Abdul Kalom nomidagi poligondan işçi tartibda amalga oşirilgan.  

Uzunligi 20 metr keladigan Agni-II raketasi DRDO tizimlari laboratoriyasi tomondan yaratilgan va 2004 yilda 555-raketa guruhi tomondan qurollanişga qabul qilingan. Şu vaqtdan beri uning öquv maqsadlarida uçirilişi amalga oşiriladi. Raketani uçiruvçi majmuani jangovar holatga keltiriş uçun 15 daqiqa ketadi va u temir yöl yoki avtomobil platformasida joylaştirilişi mumkin. Raketa Xitoyning ğarbiy, markaziy va janubiy qismiga yetib bora oladi. Raketaning narxi 4,5-8 mln dollarni taşkil qiladi. 

Avvalroq Hindiston Agni-IV va Agni-V raketalarini sinovdan ötkazgandi.

Agni seriyasidagi ballistik raketalar Hindiston mudofaa vazirligining boşqariluvçi snaryadlar yaratiş dasturi doirasida yaratilgan. Hozirda Hindiston qurollanişida Agni-I (700 km gaça uça oladi), Agni-II (2000 km), Agni-III va Agni-IV (2500-4000 km) raketalari majud.