Bugungi kunda mamlakatimizda dunyo hamjamiyati bilan özaro taşqi savdo va iqtisodiy aloqalar töğri yölga qöyilib, işlab çiqariş, tovar ayirboşlaş, eksport va import salohiyatining oşganligi dunyoning yetakçi mamlakatlaridagi nufuzli kompaniyalarning yurtimizda faoliyat olib borişlari uçun ançagina qulayliklar tuğdirmoqda. Mamlakatimiz yer resurslari va tabiiy boyliklar hisobidan iqtisodiy jihatdan tobora ravnaq topib bormoqda. Yurtimizda 100 ga yaqin xorijiy kompaniyalar faoliyat körsatib, mamlakatimizning iqtisodiy ravnaqini ta'minlaş bilan bir qatorda alohida işçi örinlari yaratilib, fuqarolarimizning iş bilan bandligi, turmuş farovonligini oşiriş yölida xizmat qilib kelmoqda.
«Inter-injyenering». Bu nufuzli xorijiy kompaniya haqida bilmagan yoki eşitmagan kişi bölmasa kerak. Kompaniyaning mamlakatimizda, xususan, Buxoro viloyatining qöşni Turkmaniston bilan çegaradoş hududlari bölmiş Qoraköl va Olot tumanlarida olib borayotgan samarali va istiqbolli faoliyatini uning bugungi kunda nufuzi va imidjining oşib ketganligi, minglab fuqarolarimizning uşbu xorijiy kompaniya tizimlarida özgaça zavq va mamnuniyat bilan işlab kelayotganliklari bilan baholasak böladi. Töğrida, qaysi korxonada iş haqi ançagina kattaroq şuningdek, öz vaqtida tölab turilsa, u yerda işlaşni kim ham orzu qilmaydi deysiz. Aynan biz ta'kidlayotgan «Inter injyenering» kompaniyasida işlab kelayotgan işçi va xizmatçilar bugungi kunda kompaniyaning faoliyatidan, ularga körsatilayotgan e'tibor va ğamxörligidan mamnun.
“Inter injyenering” kompaniyasi tarkibida mavjud işlab çiqariş korxonalari, zavodlar, ta'mirlaş va texnik xizmat körsatuvçi obektlarda işçi va xizmatçilarga zarurat tuğilganligi bois, kompaniya uşbu böş işçi örinlarini töldiriş maqsadida maxsus mutaxassisliklarga ega bölgan viloyatimiz fuqarolarini işga qabul qiliş böyiça e'lon berib, işga qabul qiliş uçun birlamçi hujjatlarni rasmiylaştiriş maqsadida joylarda özining qabul punktlarini taşkil etgan. Uşbu punktlarda işga qabul qilişning şartlari, rasmiylaştirilişi lozim bölgan hujjatlar, böş iş örinlari haqida ma'lumotlar berilişi bilan bir qatorda, iş jarayonidagi qiyinçiliklar, mavjud tartib va qoidalar ham tuşuntirib berilgan.
Ammo, «Guruç kurmaksiz bölmaganidek» kompaniya işçi xodimlari orasida, olayotgan mömaygina oylik maoşlariga qanoat qilmay, işga kiriş istagini bildirgan fuqarolarning işga kirişlariga kömaklaşadigan qöştirnoq içidagi «hojatbaror» şaxslar paydo böla boşlanganligi, ular kompaniyada faoliyat yuritayotgan «katta lavozimlarda işlaydigan» taniş bilişlari orqali fuqarolarimizga işga joylaştirişni va'da qilib, aslida esa, ularning maqsadi öz çöntagini qappaytiriş, işonuvçan va sodda odamlarni aldab ularning turli miqdordagi pullariga egalik qilişdan iborat bölganligi ayon böldi.
Mavzuga oid
Dunyo yaralibdiki azaldan yaxşilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik kabi nisbiy kuçlar bölganidek, bular barobarida inson nomiga doğ tuşiruvçi, uni tuban yölga çorlovçi illatlar ham mavjud.
Aynan şu illatlar nafsini jilovlay olmagan ayrim «nahang» kimsalarning firibgarlik jinoyatlariga qöl urişlariga, durustgina işlab yurgan korxonasidan boşi egik holda «haydalişiga», qolaversa, qilmişlari tufayli qonun oldida javob berişlariga sabab bölmoqda. Rözimov Yunus Norquloviç, 1983 yilda Qoraköl tumanida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti örta, oilali 3 nafar farzandi bor, «Inter injinering» kompaniyasining Buxoro viloyatidagi filialida işçi bölib xizmat qilgan.
Yunus Rözimov qastdan jinoyat sodir etiş yöliga ötib, Kamoliddin Islomov, Ahmadjon Ubaydullayeviç singari şeriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, «Inter injinering» kompaniyasiga işga kiritişni va'da qilib fuqarolarni aldaş, işonçini suiste'mol qiliş orqali 11 nafar fuqarolarning har biridan turli miqdordagi pullarni olib, öz manfaatlari yölida sarflab yuborgan. Masalan, fuqaro Izzat Otaniyozovni mazkur kompaniyaning Buxoro viloyati filialiga işga kiritib qöyişni va'da qilib, 1000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni qölga kiritadi. Nafsi tobora hakalak otib Izzat Otaniyozov singari boşqa fuqarolar, jumladan, Komiljon Çamanov, Habib Röziyev, Sevindiq Otajonov, Bekzod Rözimov, Abdurasul Qodirovlarning har biridan 1300 AQŞ dollari miqdorida, Jonibek Otaniyozovdan 700 AQŞ dollari, Feruz Udayevdan 600 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olib, ularni aybsiz aybdor bölib qolişlariga sababçi böladi. Çunki, öz manfaatlari yölida fuqarolarni aldab mömaygina boylik orttiriş ilinjida bölgan Yunus Rözimov fuqarolarni özining quruq va'dalari orqali pora berişga qiziqtirgan.
Sodiqov Bahodir Bafoyeviç. 1975 yilda Buxoro şahrida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti örta, muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 125-moddasi 2-qismi, 189-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan şuğullangan.
Buxoro Davlat Universitetini tamomlab, Qoraköl tumanidagi kasb-hunar kollejida öqituvçilik faoliyatini boşlagan Elyor Rahmonov ham dastlabki oylik maoşlariga qanoat qilmay “Inter Injyenering” kompaniyasiga işga kirita oladigan “va'daboz vositaçilar” haqida eşitişi bilanoq, ularning qarmoğiga özini uradi. Bahodir Sodiqov bilan tanişgaç, göyo muşkulini oson qilişga qodir lafzi halol, birovning omonatiga xiyonat qilmaydigan hojatbaror insonni topgandek şoşqaloqlik bilan öqituvçilik kasbi bilan xayrlaşadi. Çunki, Bahodirning osmon qadar va'dalari, muğombirlarga xos bölgan soxta iltifotlari uni butkul esankiratib qöygan edi.
Muqaddam sodir etgan jinoyatlari uçun 2 marotaba sudlanib, bundan öziga tegişli xulosa çiqarmasdan, “Odam böliş örniga”, yana jinoyat köçasi tomon takror oralayotgan Bahodir Sodiqov özi bilan quriliş korxonasida birga işlagan tanişi Sa'dullo Hojiyevni ham aldab, “Inter Injyenering” kompaniyasiga heç qanday qiyinçiliksiz işga kiritişni va'da qilib, 350 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni aldaş yöli bilan qölga kiritib, bu pullarni öz ehtiyoji uçun sarflab, firibgarlik qilişda davom etadi.
Teşa Mustafoyev. 1952 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti örta, oilali 6 nafar farzandi bor, hozirda nafaqada, Şofirkon tumani Arabxona MFY Çigilbak qişloğida yaşaydi.
Soçiga oq oralab, qarib quyilmagan Teşa Mustafoyev “Inter injyenering” kompaniyasiga heç qanday aloqadorligi bölmasada, 10 dan ortiq fuqarolarni aldab, kompaniyaning Buxoro viloyati filialida yuqori lavozimlarda işlaydigan tanişlari borligini, ular orqali işga qöyişni va'da qilib, turli miqdordagi pullarni qölga kiritib, faqatgina öz nafsini qondirişdan nari ötmadi. Bu işda unga oldindan taniş bölgan Qoraköl tumanida yaşovçi Avliyoqul Ğoyibov yaqindan kömaklaşib, hamtovoqlar firibgarlik ortidan topilgan pullarni bahamjihat öz ehtiyojlari yölida sarflab yuraverganlar.
Teşa Mustafoyev odamgarçilik qiyofasidan uzoqlaşib, işga qöyişni iltimos qilgan va turli miqdordagi pullarni bergan fuqarolarga işga kiriş uçun kerak böladigan hujjatlarni töplab keltirib berişlarini söraydi. Hujjatlar taqdim qilingandan söng esa ularning oldidan uzoqlaşişga ulgurmasdan taşlab yuborib, göyo özining xunuk qiliqlari bilan unga işongan kişilarni laqqillatib ustidan mazax qiladi. Unga tinimsiz qönğiroq qilib işining natijasini söramoqçi bölgan fuqarolarga turli bahonalarni rökaç qilib yuraveradi. Ergaşev Said Şavkatoviç. 1991 yilda Buxoro şahrida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti örta, oilali, vaqtinça işsiz. Sodir etgan jinoyatlari uçun unga nisbatan “qidiruv” e'lon qilingan.
Said Ergaşev ham “Inter Injyenering” kompaniyasiga işga kirişni astoydil orzu qiladigan fuqarolarni topib, ularning işonçiga kirib, işga kiritib qöyişga va'dalar berib, özining hamtovoği Ramzi Xolboyev bilan birgalikda köplab fuqarolarni “öz noğorasiga öynatganlardan”. U Ramzi Xolboyev bilan oldindan özaro jinoiy til biriktirib, fuqarolarga özini Mirşod Fayzullayev deb taniştirib, “Inter injyenering” kompaniyasining Toşkent şahridagi idorasida katta lavozimda işlaşini aytib işontiradi. Ramzi Xolboyev esa Buxoroda kompaniyaga işga kiriş istagida bölgan fuqarolarni topib, ularni “janob” Mirşod Fayzullayev bilan uçraştirar, özaro suhbat davomida fuqarolarning çöntaklari “puç yonğoqlar bilan töldirilib” işga kirişning “stavkasi” ham özaro kelişib olinar, hatto ular fuqarolardan işga kirişda kerak böladigan hujjatlarni va pullarni olganlaridan 4-5 kun ötib ularni yanada işontiriş, ortiqça şubha va gumonlarga bormasliklari uçun soxta mehnat şartnomalarini fuqarolarning qöliga tutqazib, yana bir oz vaqtdan söng işga çiqişlari mumkinligi töğrisida yolğon va'dalar berib kelişgan.
Xalqimizda “Öylamay qilingan iş, boşga keltirar taşviş” degan gaplar behuda aytilmagan. Aynan şu iboralar siz guvohi bölgan salbiy holatlarga şaroit yaratib bergan, muğombirlarning nayranglariga aldanib qolgan fuqarolarimiz uçun aytilgan, desak xato bölmaydi.
Taassufki, fuqarolarimiz orasida birovni aldaş, işontiriş orqali uning mol-mulkini qölga kiritiş, “işga joylaştiraman, öqişga kiritib qöyaman, maşina yoki uy sotib olişingizda kömaklaşaman, çet elga işga yuboraman kabi va'dalar berib, işonuvçan va sodda odamlarimizning quloğiga bir zumda “lağmon ilib”, ularning jabrlanib qolişlariga sababçi bölayotgan firibgar kimsalar safi kengaymoqda.
Albatta, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uçun javobgarlik, jinoyat uçun esa, jazo muqarrar! Xulosa çiqarmoq esa, har kimning öz vijdoniga havola.
Ammo, şu örinda ta'kidlab ötiş joizki, aksariyat hollarda firibgarlarning tuzoğiga tuşib qolişda işonuvçan, soddadil fuqarolarimizning özlari sababçi emasmi? Kör-körona, mömaygina daromad ilinjida quruq va'dalar ortidan ergaşiş, yetti yot begona kişiga bir zumda işonib, bor-bisotini qöş-qöllab topşiriş, keyin esa, boşni çangallab afsus-nadomatlar bilan uning ortidan yalangoyoq bölib yuguriş... Bu aslida nodonlik emasmi?
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi