Oliy liganing 9-turi doirasida Namanganning «Navbahor» klubi öz maydonida Toşkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi.
Birinçi bölimda muxlislar uçta golga guvoh bölişdi. 16-daqiqada burçak töpidan söng, Dilşod Jabborov raqib jarima maydonidagi pala-partişlikdan unumli foydalandi va hisobni oçdi. Ammo, oradan 7 daqiqa ötgaç, Sardor Mirzayev öng qanotdan oşirilgan töpni boşi bilan Amanov qöriqlagan darvozaga joylaşga muvaffaq böldi - 1:1.
Bölim oxiriga kelib, mehmonlar hisobda oldinga ötib olişdi. «Lokomotiv» töpurari Marat Bikmayev jamoasining ikkinçi goliga mualliflik qildi - 1:2.
Ikkinçi bölim boşida mezbonlar tezkor gol urişdi. Aziz Turğunboyev raqibdan töpni olib qöygaç Ikromov bilan deyarli birga-bir vaziyatga çiqdi va hisobni tenglaştirdi.
Şundan söng uçraşuv oxirigaça har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakat qilişgani bois darvozalar oldida golga tortadigan xolatlar köp kuzatilmadi.
Şu tariqa, «Navbahor» Özbekiston çempionatining joriy mavsumida öz maydonida beşinçi uçraşuvni ötkazib, 3 ğalaba va 2 durang qayd etgan holda mağlubiyatsiz seriyani davom ettirdi.
Endilikda, 8ta öyinda 19 oçko olgan «Lokomotiv» turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda. «Navbahor» hisobida esa 15 oçko bor. Ilhom Mö'minjonov şogirdlari uçinçi örinda joylaşgan.
Oliy liga, 9-tur
«Navbahor» - «Lokomotiv» — 2:2
Gollar: Dilşod Jabborov (16), Aziz Turğunboyev (47) - Sardor Mirzayev (24), Marat Bikmayev (42)
«Navbahor»: 30. Asilbek Amanov, 2. Alişer Samatov (Mansur Saidov, 70), 3. Hasanboy Ergaşev (Abbos Otaxonov, 46), 5. Ğiyosjon Komilov, 7. Oybek Qiliçev, 9. Dilşod Jabborov (S), 19. Mirzohid Ğofurov, 21. A'zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 77. Azizbek Turğunboyev (Alişer Mirzayev, 89), 84. Nemanya Yovanoviç.
«Lokomotiv»: 12. Ma'mur Ikromov, 9. Ikrom Aliboyev (Kaxi Maxaradze, 71), 10. Marat Bikmayev (Diyor Turopov, 68), 15. Sardor Mirzayev, 20. Islom Töxtaxöjayev (S), 22. Murod Bobojonov, 28. Şuhrat Muhammadiyev, 29. Quvondik Röziyev (Salamat Qutiboyev, 87), 33. Oleg Zoteyev, 42. Muxammad Kone, 99. Jaloliddin Maşaripov.













