Bugun Yevropa ligasining ikkinçi yarim finali doirasida Vigoda «Selta» «Mançester Yunayted»ni qabul qiladi. Tribuna.Uz kunning muhim uçraşuvi haqida batafsil töxtalib ötadi.

Yevropa ligasi, 1/2 final
Selta - Mançester Yunayted (4 may, 23:59, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)

Öyin oldidan
«Mançester Yunayted» tarkibda jiddiy muammolarga duç kelgan bölişiga qaramasdan, bu uçraşuvda gol kiritişi şart sanaladi. «Selta» heç qaçon öz himoyasi bilan maqtana olmagan. Jamoa şu kungaça öz uyida ötkazgan (barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda) uçraşuvlarning faqat uçtasidagina öz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Yevrokuboklarning hal qiluvçi pley-off bosqiçida esa bu juda muhim körsatkiçlardan biri sanaladi

Ammo ingliz jamoasida ham hujum borasida muammolar yetarliça. Jamoa mehmonda ötkazayotgan uçraşuvlarda örtaça bitta uçraşuvda bitta gol kirita olmoqda xolos. Ammo jamoa mehmonda ötkazgan sönggi 20 uçraşuvning faqat uçtasida gol kirita olmadi. Ularning ikkitasida jamoa «Mançester Siti» va «Çelsi» mehmoni bölganini eslaşimiz lozim. Bu statistikalar «MYu»da mehmonda gol kiritiş imkoniyati yuqori ekanini körsatmoqda.

Özaro uçraşuvlar tarixi
«Selta» yevrokuboklarning bu bosqiçida birinçi marta iştirok etayotgani kabi «Mançester Yunayted»ga qarşi ham öz tarixida birinçi marta maydonga tuşmoqda. Şu kunga qadar ikki jamoa hattoki örtoqlik uçraşuvlari doirasida ham özaro öyin ötkazişmagan.

Qiziqarli faktlar
— ikkala jamoa özaro birinçi marta röbaro‘ kelmoqda;
— «Selta» ingliz jamoalariga qarşi 9 uçraşuv ötkazib 5ta ğalabaga erişgan, 4 marta mağlub bölgan. Vigoda bu körsatkiç: 4 öyin, 2 ğalaba, 2 mağlubiyatdan iborat;
— «Mançester Yunayted» ispan jamoalariga qarşi mehmonda ötkazgan 22 uçraşuvning faqat ikkitasidagina ğalaba qozona olgan;
— «Mançester Yunayted» ispan jamoalariga qarşi jami 47 uçraşuv ötkazib 12 mart ğalaba qozongan (19D, 16 M);
— «MYu» yevrokuboklarning (YeÇL) sönggi uçta yarim finalida ispanlarga töqnaş kelganida, ularning 2tasida ğalaba qozongan;