Jahon neft narxi arzonlaşişda davom etmoqda. Bunga bozor iştirokçilarining AQŞda neft qazib oliş hajmi oşişi sababli vujudga kelgan xavotirlari asos bölmoqda. Ular jahon miqyosida "qora oltin" xom aşyosi miqdori köpayib ketişidan xavfsiraşmoqda. Jumladan, Brent navli neft narxi 2016 yil 30 noyabridan beri ilk marotaba bir barreli 47 dollardan arzonlaşdi.
Savdo natjalariga köra, iyul oyi uçun Şimoliy dengiz neft aralaşmasi fyuçers savdolarida Brent narxi 3,16 foizga arzonlaşib, 46,85 dollardan sotilgan. WTI neftining iyun oyi fyuçerslari 2,75 foizga arzonlaşgan va barreli 44,27 dollardan hisoblangan.
AQŞ energetika vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatdagi tijoriy neft zaxirasi 0,9 million barrelga kamayib, 527,8 million barrelni taşkil etmoqda.












