4 may kuni Tojikistonda Toşkentdan 260 km uzoqlikda 5,2 magnitudali takroriy zilzila yuz berdi. Bu haqda Özbekiston FVV saytida ma'lum qilindi. 

"Toşkent" seysmostansiyasida 4 may kuni soat 16.10dagi ma'lumotga köra takroriy zilzila (afterşok) qayd qilindi, uning markazi Toşkentdan 260 km uzoqlikda, Tojikiston hududida bölgan", deb aytildi xabarda. Vazirlik ma'lumotlariga köra, Farğona, Andijon, Namangan va Toşkentdagi zilzila kuçi 2 ballni taşkil qilgan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida xabar kelib tuşmagan.    

Tojikistonda 4 may kuni soat 01.30da 5 magnitudali zilzila yuz bergandi. Uning markazi Duşanbedan 263 km uzoqlikda bölgan. 3 may kuni esa Tojikistonda 2 ta zilzila qayd qilingandi. Zilzila markazi Duşanbedan 265 km uzoqlikda, Tojikiston va Qirğiziston çegarasida bölgan. Bu zilzilalar oqibatida Tojikistonda 2 ta uy şikastlangan. Qirğizistonda esa talofatlar köproq bölgan: uy-joylar, maktab va şifoxonalar binolariga şikast yetgan, bir kişi jarohat olgan.