Venesuelada talabalar milliy taşkilotining Ansoategi ştatida joylaşgan Texnologiya universitetidagi bölimi boşliği Xuan Lopes noma'lum kimsalar tomondan otib ketildi. Globovision telekanalining ma'lum qilişiça, hujum oqibatida yana 3 kişi yaralangan. 

Mamlakat boş prokuraturasi Lopesning ölimini tasdiqladi. Uşbu qotillik yuzasidan tergov boşlangan. Qotillikka nima sabab bölgani ma'lum qilinmagan.

Venesuelada 4 may kuni hukumatga qarşi talabalar namoyişlari bölib ötdi. Bir neçta namoyiş Bolivar gvardiyasi bölinmalari tomondan tarqatib yuborilgan. "Demokratik birdamlik bloki" muxolif koalitsiyasi ma'lumotlariga köra, maxsus kuçlar mamlakatning Markaziy universitetida ayniqsa şafqatsizlik bilan harakat qilganlar. 

3 may kuni Karakasdagi norozilik namoyişlarida 400 ga yaqin odam jarohatlangandi, kamida bir kişi halok bölgandi.