AQŞning Texas ştatida joylaşgan Beylor universitetining 19 yoşli talabasi iPhone’da köpçilikka noma'lum bölgan funksiyani aniqladi. Uning Twitter’da e'lon qilgan layfxaki ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölib ketdi – video bir sutkada 50 mingdan ortiq retvit va layk yiğdi.
Rolik muallifining ta'kidlaşiça, smartfon kalkulyatorida bosilgan raqamlarni öngga yoki çapga “svayp” bilan öçiriş juda oson ekan. Raqamlarni bittama-bitta öçirib çiqiş mumkin.
Uning BuzzFeed’ga bergan intervyusida tan olişiça, “maxfiy” funksiya haqida Reddit'da uç yil avval e'lon qilingan post orqali xabar topgan. Biroq köpçilik bu imkoniyat haqida hozirga qadar bilişmaganini aytdi.
"Bir neça yildan beri iPhone’ga egaman, hamda bunday qiliş mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim", - deya yozgan foydalanuvçilardan biri.












