Kun.uz ijodiy jamoasi taşrif bilan Namangan viloyatiga taşrif buyurganimizda, tumanlardan birida joylaşgan QVPda böldik. Şanba kuni bölgani uçunmi, bu yerda heç kim körinmas edi. Bino içiga olazarak boqib, odimlaganimiz zahoti şu yerda işlovçi hamşiralardan biriga duç keldik. U örta yoşli ayol bölib, siyratida özbek ayollariga xos ifoda bor edi.
Kimligimizni, nima maqsadda kelganimizni aytganimizda, ayolning yuz ifodasida sarosima va hayrat paydo böldi. Buni çetdan qaragan inson yaqqol anglar edi. Hamşiradan qişloq vraçlik punktini “sayr” qiliş uçun ruxsat söraganimizda, u past ovozda “mayli” dedi. Uşbu QVPda xamma narsa joy-joyda,batartib, toza-ozoda edi. Bundan ança xursand böldik.
Şu asnoda hamşiradan maoşi haqida söradik. 400 ming sömligini aytdi. “Qançasini naqd olasiz?”, degan savolimizga yerga qaragança “100 foiz hammasi plastik kartaga tuşadi”, deb javob qaytardi. Ma'lumki, qişloq joylarida plastik kartani işlatiş juda qiyin. Şu sabab yana savol: “Özingizga yetadimi maoşingiz? Naqd qilişda qiynalmaysizmi?”. U javob qaytaradi: “Amallayman, xöjayinim 10 foizga naqdlaştirib keladilar”.
Ketar çoğimizda u bizga iltijoli boqadi: “Iltimos, bu haqda yozib çiqarmang...”. Biz muammolarni yoritiş uçun kelganligimizni, kelajakda barça işlar yaxşi bölişini tuşuntirişga harçand örinsakda, u negadir bu haqda söz yuritişimizni istamasdi. Yiğlaşga tuşdi. Ana şunda kişini anglab bölmas hayajon bosadi. Yurak örtanadi. Nega??? Nega bu haqda gapirmaslik kerak, degan sehrli savol keladi. Oxiri u haqda (töğriroği manzili va ismi) haqda yozmaslikka va'da bergaçgina, hamşira öziga keldi, çuqur tin oldi.
Özbek andişasi – eh özbekning andişasi... Özi uçun yaxşi bölişini bilsada, lekin bunday qilişiga yöl qöymaydigan özbek andişasi. Biz bu xislatni qoralaşdan yiroqmiz, çunki özbek ana şu xislati bilan boşqalardan ajralib turadi.
Safar davomida ayolning noçorroq, köp farzandli oilada yaşaşi, oila boquvçisining nogironligi bizga ayon böldi. Namangan safaridan qayta-qaytgunimizça bu manzara köz oldimizdan ketmadi. Bir tumanning çekka bir qişloğidagi QVP va unda işlayotgan andişali hamşira... Maoşi öziga yetmayotganini, plastig kartasiga tuşgan pulni foizi bilan naqdlaştirayotganini, şunday bölsada, yuzida tabassum bilan “bu haqda aytib yurmang”, deya andişa qilayotgan hamşira qiyofasi köz öngimizdan ketmaydi...











