Olimpiya medalining eng keksa sohibi va afsonaviy amerikalik suzuvçi Adolf Kifer 98 yoşida hayot bilan vidolaşdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

"Adolf Kifer suziş sporti timsoli edi va hayotida har kuni u bilan yaşadi. U mazkur sport turining kaşşofi edi", — deya AQŞ suziş federatsiyasi ijroçi direktori Mayk Anjyer sözlarini keltiradi agentlik.
Adolf Kifer 1936 yili Berlinda bölib ötgan Olimpiya öyinlarida 17 yoşida oltin medalni qölga kiritgan edi. U 100 metrga suziş böyiça jahon rekordini örnatgan bölib, uşbu natijani 20 yil mobaynida heç kim takrorlay olmadi. Keyinçalik u Sport va ovqatlaniş böyiça maslahatçi bölib işladi. Bundan taşqari, Amerika harbiy-dengiz kuçlarida instruktor ham bölgan.











