HTC U Ultra smartfonining maxsus varianti öziga xos yoqut (sapfir) şişa bilan qoplandi. Bu smartfon istalgan tirnaşlardan himoyalangan bölişi kerak, çunki yoqut iPhone va Samsung Galaxy’da qöllanuvçi Gorilla Glass himoya qatlamidan ançagina qattiqroq.

JerryRigEverything HTC U Ultra Sapphire Edition smartfoni ekrani Tissot yoqut soatlarining şişasi va "yoqut" himoya plyonkasi yopiştirilgan Galaxy S8 bilan bir qatorda turli ekstremal sinovlardan ötkazilgan videoni tasvirga olişdi.

Natijada video mualliflari HTC U Ultra Sapphire Edition ekranini omaviy işlab çiqariluvçi smartfonlar (kamida sinalgan smartfonlar) orasida eng puxtasi deb ataş mumkin, degan xulosaga kelişgan. Moos qattiqlik şkalasi böyiça smartfon 8 ball oldi, bu haqiqiy yoqutning qattiqligiga mos keladi. Bu esa bunday smartfonning ekranini oddiy şaroitlarda tirnaşning deyarli iloji yöqligini anglatadi va bu HTC’ning muvaffaqiyatidir. Biroq boşqa tomondan qaraganda, agar siz smartfonni tuşirib yuborsangiz, yoqut osongina çil-çil böladi.

Darvoqe, "yoqut" plyonka (50 dollar turadi) puxtaligi böyiça oddiy plastik kabi bölgan. Bunday bema'ni narsa uçun pul tölamaslikni tavsiya qilamiz. Yevropada 128 Gb xotiraga ega HTC U Ultra Sapphire Edition smartfoni 849 yevro, ya'ni oddiy HTC U Ultra’dan 150 yevro qimmatroq turadi.