Şveytsariyalik şokoladçilar öz mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan. Ular bu borada yana bir kaşfiyotga qöl urib tarixda qoladigan bölişdi. Ular sönggi 80 yilda birinçi marta yangi şokolad turini kaşf qilişganini ta'kidlaşmoqda. Bu haqda The Independent gazetasi hikoya qilgan. Yirik şokolad işlab çiqaruvçi Barry Callebaut kompaniyasi qizil kakao-bobdan yangi turdagi mahsulot işlab çiqilgani haqida ma'lum qildi.
"Yoqut" deb nomlangan yangi şokoladning mazasi ham öziga xosdir. Firma vakillarining sözlariga köra, mahsulot tetiklaştiruvçi ta'mga va kremli tarkibga ega.
Biroq, hozirça, kompaniya bayonoti şunçaki reklama maqsadini taşuvçi e'lonmi yoki şokolad dunyosini tom ma'noda tarixiy voqelik kutib turmoqdami, degan savol oçiq qolayapti. Ammo, Barry Callebaut kompaniyasi jahonning eng yirik şokolad işlab çiqaruvçilaridan biri ekani bayonot rostligiga umid uyğotadi.

















