Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida şaxsiy avtomobilida katta miqdorda oltin olib kelayotgan şaxs aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy va Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan «Yuqori nuqta» postida «Nexia» avtomobili töxtatilganida, uning içida Xatirçi tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli, oğirligi 1,075 kg bölgan 11 dona bölak oltin borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirildi. Mutaxassislarning baholaşiça, 999 probali bu oltinning qiymati 795 mln sömni taşkil etadi.
Şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, 1968 yilda tuğilgan fuqaro oğirligi 838 g bölgan yoqutni 300 ming dollarga sotişga kelişib, 80 ming dollarini olgan vaqtida uşlandi.
Mutaxassislarning baholaşiça, uşbu qimmatbaho toşning narxi 477,3 mln sömni taşkil etadi.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















