Boks böyiça Osiyo çempionati final bahslarining 6 may kunduzgi bosqiçiga belgilangan janglar yakuniga yetdi. Sönggi bölib ringga 75 kg vazn toifasida Jahon çempionati yöllanmasi uçun kuraş olib boruvçi 

Brama Hendra Betaubun (Indoneziya) – Aziz Oçilov (Turkmaniston)
Abdul Muin Aziz           (Suriya)         – Eumir Marsial (Filippin)
juftliklari çiqib kelişdi. 

Birinçi juftlikda turkmanistonlik boksçi Oçilov raqibidan har jabhada ustunligini namoyiş qildi va nokaut bilan ğalaba qozondi. Abdul Muin Aziz           (Suriya) – Eumir Marsial (Filippin) juftligida esa Marsial qöli baland keldi. 

Uşbu vazn toifasida final jangi esa koreyalik Dongyun Li hamda özbekistonlik Isroil Madrimovlar örtasida keçdi. Isroil ustunligida boşlangan bahs referi qaroriga köra, birinçi raunddayoq töxtatildi. Bunga Isroilning raqibi yarim final bahsida olgan jarohati oçilib ketgani sabab böldi. 

Şu sababli bir yarim daqiqa davomidagi ballar hisobga olindi va Isroil Özbekiston terma jamoasining navbatdagi oltin medalini qölga kiritdi. 

Eslatib ötamiz, bugun 6 may keçki janglarda yana bir özbekistonlik boksçi final jangini ötkazadi. 81 kg vazn toifasidagi Bektemir Meliqöziyev qozoğistonlik Yyerik Aljanov bilan kuç sinaşadi. 91 kg vazn toifasida iştirok etgan Sanjar Tursunov eronlik Sadar Ğulomiy bilan Jahon çempionati yöllanmasi uçun kuraşadi.