Boks böyiça Özbekiston termasi Osiyo qit'a çempionati finaliga birgina yöqotiş bilan yetib keldi.

30 apreldan 7 mayga qadar Toşkentda bölib ötayotgan Osiyo çempionati finalida 9 nafar özbekistonlik boksçi iştirok etadi.

Kunning birinçi yarmida 5 nafar özbekistonlik boksçi ringga çiqdi va ularning barçasi hal qiluvçi final jangiga yöllanma oldi.

-56 kg vazn toifasida Murod Ahmadaliyev janubiy koreyalik sportçi Yonxun Xanni ikkinçi raundda nokaut bilan taslim qildi. Şuningdek, Bektemir Meliqöziyev (-81 kg) ham xitoylik raqibini muddatidan avval ringni tark etişga majburladi. 

Şuningdek, Şahram Ğiyosov (-69 kg), Jasur Latipov (-52 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Hasanboy Dösmatov (-49 kg) va Iqbol Xoldorov (-64 kg) ham öz raqiblaridan osonlik bilan ötişdi. Keçaning sönggi janglaridan birida esa Özbekistonning +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolov ringga çiqib, suriyaliklar vakili Muhammad Mulayesni birinçi raunddayoq texnik nokaut bilan yengdi.

Final janglari 7 mayga belgilangan. Finalga eng köp vakili bilan çiqqan ikkinçi terma jamoa Qozoğiston böldi - 5 nafar boksçi. Şuningdek finalga Janubiy Koreyadan ikki (-75 kg va 52 kg), Möğulistondan ikki (-64 kg va -49 kg), Hindistondan bir (-60 kg), Xitoydan bir (-56 kg) nafardan sportçi çiqqan.

Bugungi yarim final janglarini saytning YouTube portalidagi kanali orqali kuzatiş mumkin.