Prezident Şavkat Mirziyoyev özining saylovoldi uçraşuvida Toşkent şahrini kelgusi beş yilda yanada rivojlantiriş böyiça öz dasturini bayon qilib, poytaxtimizni rivojlangan megapolisga aylantiriş böyiça aniq takliflar bildirgan edi.
ÖzA’ning xabar berişiça, davlat rahbari Toşkent şahrining qator tumanlariga borib, hududlarni rivojlantiriş böyiça loyihalar bilan tanişdi. Mahallalarda bölib, xalq bilan muloqot qildi.
Şavkat Mirziyoyev 6 may kuni Yaşnobod tumaniga taşrif buyurib, poytaxt va butun Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişga, aholi farovonligini oşirişga qaratilgan yirik loyihalar taqdimotlarida iştirok etmoqda.
Navbatdagi manzil tumandagi “Artel” zavodi böldi.
Özbekistonda xalq iste'moli tovarlari işlab çiqariş jadal sur'atda rivojlanayotir. Bu borada, ayniqsa, elektr texnika sanoati yuqori natijalarga erişmoqda. Tarmoqqa katta hajmdagi investitsiyalar jalb etilgan holda yangi-yangi korxonalar taşkil qilinmoqda. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bu korxonalarda eksportbop iste'mol mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyilmoqda.
Bugungi kunda “Artel” brendi ostida muzlatgiç, televizor, kir yuviş maşinasi, gaz plitasi, konditsioner, mikrotölqinli peç, çang yutgiç, qöl telefoni kabi eng sönggi rusumdagi maişiy texnika vositalari işlab çiqarilmoqda.
Prezident zavoddagi işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi. Mahsulotlar turi, sifati va işçi örinlari bilan qiziqdi.
Elektrotexnika sanoatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan e'tibor Özbekistonda yuqori texnologiyalarga asoslangan tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantirib, iqtisodiyotimizni dunyo sanoatining istiqbolli tarmoqlaridan birida munosib örin egallaşiga xizmat qilmoqda. Hayotga izçillik bilan tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi ijrosi samarasida xalqimiz turmuşi farovonlaşib, daromadi ortib borayotir.
Şu yerda “Artel” brendi ostida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasi namoyiş etildi.
Prezident körgazma bilan tanişib, mahsulotlar turini köpaytiriş böyiça taklif va tavsiyalarini bildirdi.












