Toşkentda ötayotgan boks böyiça Osiyo çempionatining finalida jang qilgan sakkizinçi özbekistonlik sportçi sakkizinçi oltin medal egasiga aylandi.

69 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi musobaqaning finaliga qadar yetib kelgan Şahram Ğiyosov qozoğistonlik raqibi Abilayxan Jussupovni oçkolar hisobi mağlub etdi va Özbekiston terma jamoasi hisobiga sakkizinçi oltin medalni keltirdi.

Osiyo çempionatining 10ta vazn toifasidagi janglarida 8ta oltin medalni qölga kiritiş Özbekiston terma jamoasi uçun rekord natija hisoblanadi. Endi oldinda terma jamoaning +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolovning qozoğistonlik Kamişbek Konkabayevga qarşi janggi qoldi. Bu sportçilar soat 19:15da ringga kötarilişadi.