Çeşir grafligidan 12 yoşli Rajaguri Pavar aqliy qobiliyat darajasi (IQ)ni belgilab beruvçi test sinovlarida 162 ball töplaşga muvaffaq böldi. The Independent şu haqida ma'lumot berdi. 

Test Mançesterda bölib ötdi. Naşrda ta'kidlanişiça, Rajagurining natijalari 18 yoşgaça bölgan bolalarning imkon doirasidagi eng yuqori natija hisoblanadi. 

"Daholar" 140 punktga köra baholanmoqda. Ta'kidlaş joizki, maşhur fiziklar Albert Eynşteyn va Stiven Xokinglar IQ'si 160 ball deya baholanadi.

The Times of India gazetasida ma'lum qilinişiça, natijalar e'lon qilinganidan keyin qizga Britaniya Mens Jamiyati - yuqori IQ'li kişilar klubi a'zoligi taklif qilingan.