Hitlerning «Orqadan zarba» rejasini o‘zbek razvedkachisi to‘xtatib qolgan edi (hujjatli film)

Foto: YouTube/Abdukarim Mirzaev
«Barbarossa» rejasi haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. 1940—1941 yillarda ishlab chiqilgan ushbu rejada Germaniyaning sobiq ittifoqqa harbiy hujumi bosqichma-bosqich bayon etilgan.
Mazkur rejaga ko‘ra, nemis fashistlari 1942 yilning qishigacha sobiq ittifoqni bosib olishlari kerak edi. Ammo u barbod bo‘lgandan so‘ng, Hitler raqibini boshqa tarafdan kuchsizlantirishni maqsad qiladi va O‘rta Osiyo hamda Afg‘oniston hududlaridagi muhim o‘choqlarda qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish, nemis desantchi kuchlarining O‘rta Osiyoga joylashishlari uchun hudud tayyorlashga qaratilgan «Orqadan zarba» rejasini ishlab chiqadi. Biroq ushbu reja ham yo‘qqa chiqariladi. Bunda o‘zbek razvedkachisi Bahrom Ibrohimovning xizmatlari beqiyosdir.
Bu gaplar osmondan olib gapirilayotgani yo‘q. Sobiq ittifoq, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Afg‘onistondagi elchilari talabiga ko‘ra, hibsga olingan Germaniyaning Afg‘onistondagi elchisi Pilger Moskvadagi so‘roqlar paytida bu haqda shunday degan edi: «Afg‘onistonda o‘zbek razvedkasi nemis razvedkasi ustidan g‘alaba qozondi. Oyqorli (Bahrom Ibrohimov) uchinchi front ochilishini barbod qildi».
Afsonaviy rus razvedkachisi Rixard Zorge Bahrom Ibrohimovni xotirlab shunday yozadi: «Bizning sharqiy chegaralarda «po‘lat qo‘l» ishlayapti. Toki u bor ekan uchinchi front hargiz ochilmaydi». Shu o‘rinda ikkinchi jahon urushi vaqtida butun ittifoq razvedkachilari orasida faqat o‘zbeklardangina xoin chiqmagan. Vatanning bu kabi sodiq farzandlari safining avvalida Jizzax viloyati, Baxmal tumani, O‘smat qishlog‘ida tavallud topgan Bahrom Ibrohimov turadi.
Bu ma'lumotlar o‘tgan yillar mobaynida nima uchun sir tutilib kelganini tushunasiz, deb o‘ylaymiz. Bugun ularni ommaga oshkor qilish vaqti yetdi. Toki xalq o‘zining qahramonlarini bilsin, tanisin! Quyidagi hujjatli filmda o‘zbek razvedkachisining hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Film ijodkorlari: Abdukarim Mirzayev, Baxtiyor Karimov (ssenariy mualliflari), Dilmurod Masaidov (rejissyor). Said Abdulaziz Yusupov (g‘oya muallifi va loyiha rahbari).

Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

11:05 / 10.05.2025