Jahon | 10:36 / 08.05.2017
8343
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadaning ikkinchi yirik shahrini suv bosdi

Foto: twitter.com/@RT_russian

Kanadaning Ottavadan keyingi ikkinchi yirik shahri Monrealda kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli favqulodda holat e'lon qilindi.

CBC xabariga ko‘ra, shahar meri Denis Koderr bir qancha tumanlarda evakuatsiya zarurati yuzaga kelgani haqida ma'lum qilgan.

«Men uchun hozir eng asosiysi odamlarga, fuqarolarga yordam berish», — degan u matbuot anjumanida.

Suv toshqinlari Kvebek shtatidagi 146 munitsipalitetga ham ziyon yetkazdi. Viloyatdagi Laval shahrida ham Monrealdagi kabi favqulodda holat joriy etilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashish uchun 1,4 ming harbiy jalb etilgan.

Bundan oldinroq Kanadada 2 ming kishi suv toshqinlari tufayli evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid