Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy tibbiy körikni davom ettiriş uçun Londonga uçib ketdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, Buxoriy Buyuk Britaniyaga 8 mayga ötar keçasi uçib ketişi belgilangandi. U şifokorlar maslahatlariga ehtiyoj sezmoqda. Buxoriy yöqligida davlatni vitse-prezident Yyemi Osinbajo boşqaradi. Buxoriy Londonda qança bölişi noma'lum. Ta'kidlanişiça, bu şifokorlarga boğliq böladi, biroq Buxoriy salomatligiga xavotir qiliş uçun sabab yöq.
Buxoriy 2014 yilda Çibokda "Boko Harom" jangarilari tomondan öğirlab ketilgan 82 nafar qizni kutib oliş uçun Londonga safarini bir kunga keçiktirdi.
Eslatib ötamiz, jangarilar 2014 yil 16 aprelda Çibok şahridagi maktabdan 276 nafar öquvçi qizni öğirlab ketgan. Öşanda qizlarning köpçiligi 16-18 yoşda bölgan. Avvalroq 80 ga yaqin qiz turli yöllar bilan uylariga qaytişga muvaffaq bölgan. 7 may kuni esa yana 82 qiz ozod qilingani ma'lum böldi.












