Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ğalaba kuni munosabati bilan SSSR davlat xavfsizligi qömitasining Germaniya demokratik respublikasidagi sobiq vakili, Drezdenda öziga boşliq bölgan Lazar Matveyevni ziyorat qildi va uni 90 yoşi bilan tabrikladi. Uning Julebinodagi uyiga Putin bilan birga sobiq hamkasblari Nikolay Tokarev (hozirda «Transneft» kompaniyasi rahbari) va Sergey Çemezov (hozir «Rostex» boşqaruvçisi) ham taşrif buyurgan.

Vladimir Putin Matveyevga prezidentlik soati hamda «Pravda» naşrining 1927 yil 8 mayda çiqqan sonini sovğa qilgan.

Kreml saytidagi rasmiy ma'lumotga köra, Putin 1985-1990 yillarda GDRda taşqi razvedka böyiça Drezden bölimida faoliyat yuritgan.