2017 yil 5 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga qabul töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.
Qarorda oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qiliş kvotasi belgilab berilgan bölib, unga köra 2017/2018 öquv yilida bakalavr ta'lim yönalişiga 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinadi. Şularning 18.194 nafari davlat grantida va 48.122 nafari tölov-kontrakt böyiça tahsil oladi. Agar ötgan yilgi kvotalar bilan taqqoslasak, joriy yilgi kvotalar soni 8 ming 409 taga köpaygan.
Şuningdek, qarorda:
- magistrlarni 5000 nafar, şu jumladan, davlat grantlari böyiça – 1556 va tölov-kontrakt asosida – 3444 nafar miqdorida;
- Toşkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bölimida 100 nafar, şu jumladan, davlat grantlari böyiça 15 ta va tölov-kontrakt asosida 85 ta;
- Navoiy davlat konçilik institutining maxsus sirtqi bölimida tölov-kontrakt asosida 90 nafar;
-Toşkent temir yöl muhandislari institutining maxsus sirtqi bölimida tölov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlaş nazarda tutilgan.
Xushnudbek.uz saytida 2017 yilda qaysi OTM qança talaba qabul qilişi haqida batafsil ma'lumot keltirilgan.
Qabul kvotasi soni böyiça OTMlar reytingi quyidagi körinişda böldi (bakalavr uçun):
1. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (filiallari bilan) — 2920 nafar;
2. Toşkent davlat texnika universiteti (filiali bilan) – 2805 nafar;
3. Toşkent davlat agrar universiteti (filiali bilan) – 2730 nafar;
4. Qoraqalpoq davlat universiteti – 2200 nafar;
5. Samarqand davlat universiteti – 2000 nafar;
5. Urganç davlat universiteti – 2000 nafar.
Ta'kidlaş joizki, uşbu yilda 45 ta OTMning kvotalari köpaydi. Ötgan yilgiga qaraganda kvotasi eng köp oşgan OTMlar reytingida Toşkent davlat agrar universiteti 770 ta örin bilan mutloq yetakçi böldi. Ikkinçi örinni Farğona politexnika instituti 550 ta öringa köpaygan holda egalladi. Namangan davlat universiteti esa joriy yilda naq 500 ta köp talaba qabul qiladi.
















