Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul töğrisida”gi qarori çiqdi. Unga köra, Özbekiston OTMlariga 2017/2018 öquv yilidan boşlab oşirilgan şartnoma stavkalari böyiça talabalar qöşimça tarzda qabul qilişga ruxsat berildi.

Qöşimça qabul uçun kvotalar miqdori Özbekiston ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan örnatiladi. Bunda oliy ta'lim muassasasi salohiyati va ta'lim yönalişidan kelib çiqiladi.

Qöşimça qabulda oşirilgan stavka böyiça şartnoma miqdori abituriyentlar tomonidan yiğilgan balldan kelib çiqqan holda belgilanadi.

Qöşimça qabul ötiş ballarini yiğa olmagan (kamida 68 ball) abituriyentlar navbatiga qarab qat'iy tarzda amalga oşiriladi, bunda ularning oşirilgan stavka böyiça şartnomani tölay oliş imkoniyati hisobga olinadi.

2017/2018 öquv yilida bakalavriat uçun öqişga qabul qiliş umumiy kvotasi 66316 kişini taşkil etmoqda (ötgan yili — 57907), xususan, davlat granti böyiça - 18194 va tölov-şartnomasi asosida - 48122. Magistratura uçun raqam 5000 ga teng, grant böyiça – 1556 va pulli asosda - 3444.

Işlab çiqarişdan uzoqlaşmagan holda maxsus sirtqi bölimlarda ta'lim oliş uçun Toşkent axborot texnologiyalari universitetida 100, davlat granti böyiça – 15 va tölov-şartnomasi asosida - 85, Navoiy davlat konçilik instutida – tölov-şartnomasi asosida 90 kişi va Toşkent temir yöl transport muhandislari institutida – tölov-şartnomasi asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlaş közda tutilgan.

Joriy öquv yilidan boşlab yuqori malakali tibbiy kadrlarga ehtiyoj bölgan mintaqalar uçun tibbiyot yönalişidagi oliy ta'lim muassasalarida davlat grantlari böyiça bakalavriat böyiça mutaxassislar tayyorlaş uçun manzilli qabul kvotasi tasdiqlandi.  

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, şuningdek, vazirlik va idoralar – kadrlarni manzilli tayyorlaş buyurtmaçilariga – oliy ta'lim bitiruvçilarini işga joylaştirişni ta'minlaş böyiça majburiyat yuklatildi. 

Avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidentining 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan bakalavriat va magistraturaga qabul kvotasi 18 foizga oşirilişi haqida xabar bergandik.