9 may kuni Osiyo çempionlar ligasining 6-turidan örin olgan «Al-Ahli» (Dubay) va «Lokomotiv» jamolari uçraşuvi oldidan «Lokomotiv» boş murabbiyi Andrey Miklyayev öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Ertaga ikkala jamoani ham qiziqarli va muhim bahs kutmoqda. Bu öyinda guruhdan çiqişimiz masalasi hal böladi. Bizni faqat ğalaba qoniqtiradi. «Al-Ahli»ga esa durang ham yetarli. Öylaymanki, ertangi bellaşuvda jamoamiz çiroyli öyin körsatgan holda ğalaba qozonadi va guruhdan çiqadi.

Oldimizga bu yil Çempionlar ligasida qöyilgan vazifa — avvalo guruhdan çiqiş. Biz ötgan yil çorak finalga qadar yetib borgandik, öylaymanki, guruhdan çiq olsak, bu yil ham şu natijani takrorlay olamiz.

OÇLda har bir öyin bosim ostida ötadi va ertangi uçraşuv ham bundan xoli emas. Safimizda 20 nafar yaxşi futbolçi bor va ular bir-birlarining örnini töldira olişadi» - deya gapirib ötgan Miklyayev.

Şuningdek jamoa himoyaçisi Muhammad Kone ham uçraşuvga töxtala turib, öz fikrlarini aytgan.

«Faqat ğalabani közlab harakat qilamiz. Bizga bu öyindagi yutuq juda zarur. Buning uçun havoning juda issiqligi ham ta'sir ötkazmasligi kerak. «Al-Ahli» kuçli jamoa, lekin ularni Toşkentda mağlub etganmiz. Ertaga ham şu natijani takrorlaşga harakat qilamiz» - deya Konening sözlarini keltiradi «Lokomotiv» rasmiy sayti.