Germaniyaning Karlsrue şahridagi Baden yeri muzeyidan 1,2 mln dollarlik tillaqoş (diadema) öğirlab ketildi. Tillaqoş 367 ta olmos va platina bilan bezalgan bölgan, deb ma'lum qilindi politsiyada.
Tillaqoş "Taxtlar zali" muzeyidagi yopiq vitrinadan öğirlangan. DPA axborot agentligi ma'lumotlariga köra, vitrina qulfi buzilmagan, signalizatsiya işlagan-işlamagani hozirça noma'lum.
Ta'kidlanişiça, muzey xodimlari qimmatbaho eksponat ğoyib bölganini darhol sezişmagan. Ular politsiyaga 29 apreldagina murojaat qilişgan, öğirlik sodir etilgan sana esa hozirça örnatilmagan.
Tillaqoş Badenning oxirgi gersoginyasi Xilda fon Badenga tegişli bölgan. Tillaqoş 20-asr boşlarida yaratilgan.












