AQŞda yaşovçi turk muxolifi Fathulla Gulen unga qöyilayotgan barça ayblovlar böyiça 3600 tadan köproq umrbod qamoq jazosi, 2900 yil ozodlikdan mahrum qiliniş va 2,2 mln kunga teng sud jarimasiga loyiq deb topildi. Bunday hukmni Gulenga nisbatan Turkiya prokuraturasi çiqardi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil 16 iyulga ötar keçasi Turkiyada davlat töntaruvini tayyorlaşga aloqadorlikda ayblamoqda, unga nisbatan Turkiyada 20 dan köproq jinoiy iş oçilgan. Gulenning özi davlat töntaruviga aloqador emasligini ta'kidlab keladi. Uning aytişiça, u, aksinça, isyonçilarni qoralagan va tartibga çaqirgan.
Turkiya hukumati AQŞdan uning topşirilişini talab qilmoqda, biroq hozirça bu urinişlar besamar bölmoqda. Davlat töntaruviga urinişdan keyin Turkiyada 32 mingdan köproq odam hibsga olingan va 100 mingga yaqin davlat xizmatçisi böşatilib yuborilgan yoki lavozimidan çetlatilgan.

















