Mamlakatimiz mustaqillikka erişgandan söng, jamiyatning turli jabhalarida ayollarning örni va rolini oşirişga qaratilgan ezgu amallar yölga qöyilib, bugungi kunda ayollarni jamiyatning barça jabhalari, qolaversa, davlat boşqaruv organlari saflarida körib, ularning şijoatiga, taşabbuskorligiga yana bir bor tan bermoqdamiz. Bir yelkada oila deb atalgan qörğonni, bir yelkada esa maşaqqatli kasbiga bölgan mas'uliyatni baravar kötarib, ulkan yutuqlar sari dadil intilayotgan ayollar şa'niga qançadan-qança tahsinlar bildirsak, şunça oz.
Lekin, ayol nomiga isnod keltirib, uning şa'niga nafrat tuyğularini uyğotgan, tubanlik sari yöl tutib arzimagan moddiy boylik ilinjida or-nomusi, qadr-qimmatini oyoqosti qilgan ayrim ayollarning qilmişlari kişini öyga toldiradi. Nafsining quliga aylanib qolib, oqibatini öylamay qilingan nojöya qilmişlari tufayli bugungi kunda yuzi şuvut bölib, qonun oldida javob berayotgan Naziraning (qahramonlarning ism-şariflari özgartirilgan) jinoyat köçasiga kirib qolganligini qanday baholaş mumkin...
Nazira Buxoro şahridagi oliy dargohlarning birini tamomlaganidan söng, özining qişloğidagi maktabda jismoniy tarbiya fanidan öquvçilarga saboq berib, murabbiylik faoliyatini boşladi.
Avvalida öqituvçi böliş orzusiga erişganidan mamnun holda, özining tanlagan kasbiga bor mehrini berib, yangi orzular sari intila boşlagan bu qizning yuriş-turişlarida, özini tutişida keyinçalik özgarişlar sezila boşladi. Bu salbiy özgarişlar bora-bora Naziraning dunyoqaraşini tubdan özgartirib, uning jinoyat köçasiga kirib qolişiga turtki böldi.
...Mukarram opa Naziraning yon qöşnisi. Bir neça yillardan buyon tabiblik bilan şuğullanib, najot izlab uyiga taşrif buyurgan odamlarning muşkulini oson qilib, tumanda Mukarram folbin nomi bilan maşhur bölgan ayollardan biri. Uning uyiga har kuni qöşni tumanlardan, qolaversa qöşni viloyatlardan fuqarolar kelib, qaysilaridir yöqotib qöygan qimmatbaho buyumlarini topişda, ayrimlari esa taqdirida nimalar bölişini biliş uçun yordam sörab, sovğa-salomlar bilan taşrif buyuradilar. Axir, ular «folga işonma, folsiz yurma», degan iboraga amal qiladilar-da!
...Tabibning xizmat haqqi uçun odamlar tomonidan in'om qilingan qimmatbaho sovğalar, ixlos qilib berilgan pullar Naziraning xasad kurtaklari uyğongan yuragiga ğulğula sola boşladi. Bunday mulozamatning kunora guvohi bölgan qöşni qiz öziga Xurşid ismli jiyanini şerik qilib, yuragida töplanib qolgan ğaraz niyatlarini va tuzgan rejasini örtoqlaşadi. Xurşid tayinli işni boşini tutmaganligi, birovlarni aldaş yoki tunaş ortidan kun keçirib kelayotganligi sababli bu taklif unga moydek yoqib tuşadi.
Tuni bilan hamtovoqlar reja tuzişib unga köra, ertalab tong saharda uni bajarişga kirişadilar. Göyoki Naziraning soğligi yomonlaşadi, jiyani Xurşid uni yetaklab Mukarram opaning uyiga olib keladi. Soat 06:00 larda Nazira va Xurşid tabibning darvozasini taqqillatib, uni çaqiradilar. Tong sahardan behosiyat taşrifdan Mukarram opa çöçib uyğonib, «şifo izlab kelgan bemorlarga» eşigini oçadi. Yuziga yopinçiq örab olgan «bemor» ayol va uni yetaklab kelgan yigitni tanimagan bölsa ham, ularni tabobat amallarini bajariş uçun möljallangan alohida xonaga olib kiradi. Özi esa boşqa xonadan muolaja uçun zarur bölgan anjomlari va kitoblarini olib keliş uçun çiqib ketadi.












