AQŞ prezidenti Donald Tramp va Fransiyaning saylangan prezidenti Emmanuel Makron 25 may kuni Bryusselda ötadigan NATO sammitida uçraşişga kelişib oldilar. Tramp va Makron bu haqda ilk özaro telefon muloqotlari davomida kelişib oldilar, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.  

Ta'kidlanişiça, Tramp umumiy muammolarni hal qilişda Makron bilan yaqindan hamkorlik qiliş istagini bildirgan. 

"Prezident Tramp Fransiyaning saylangan prezidenti Makron bilan umumiy muammolarni hal qilişda yaqindan hamkorlik qiliş istagini bildirdi hamda AQŞ va uning eng azaliy ittifoqdoşi Fransiya örtasida mustahkam va uzoqdan beri davom etib kelayotgan hamkorlik mavjudligini ta'kidlab ötdi", deyilgan xabarda.