«Atletiko» boş murabbiyi Diyego Simeone «Real»ga qarşi Yevropa çempionlar ligasining javob uçraşuvi oldidan öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Biz özimizga va kuçimizga işonamiz. Ertangi uçraşuvga özimizni özgartirib tuşmoqçi emasmiz. Nimalarga qodir ekanimizni yaxşi bilamiz. Futbolçilarimga işonaman. Ular ertaga yaxşi futbol namoyiş etib bera olişadi. Öz uyimizdagi ustunlikdan foydalanişimiz kerak. Ertangi uçraşuvda öyinning öta hissiyotli ekanin tuşunmagan şogirdimni maydonda körişni istamayman.
«Real»da xuddi «Barselona» va «Bavariya» kabi dunyoning eng kuçli tarkibi bölişi mumkin. Bu töğri. Biz esa şu bosqiçga qadar yetib kelganimiz bilan faxrlanamiz. Özimizning ustun tomonlarimiz bor va ulardan foydalangan holda, qiyin bölgan vazifani uddalaşga harakat qilib köramiz. Ammo final huştagi çalinguniga qadar taslim bölmaymiz. Men ertaga muxlislar dunyoning eng kuçli klublari örtasidagi ajoyib qarama-qarşiligiga guvoh bölişini istayman. Albatta gaplarning barçasi futbol boşlangaç, qolib ketişi va barça narsa maydonda hal böladi. Buni yaxşi bilamiz.
Agar ertangi uçraşuvda futbolçilarni kerakli darajada ruhlantira olmasam, öz işimni yomon bajargan bölaman. Motivatsiya ertalab turganingda va oldinda seni nimalar kutayotganini his qilganingdayoq kelişi kerak», — deya argentinalik mutaxassisning sözlarini keltiradi UYeFA rasmiy sayti.











