Bugun Microsoft odatga köra navbatdagi Build anjumanini ötkazadi. Unda kompaniya özining Windows, Cortana, Bing va Office botlariga doir rejalari haqida batafsil ma'lumot berişi kutilmoqda. Tadbirda yangi qurilmalar körsatilmasa kerak (zero yangi Surface yaqindagina namoyiş qilindi), asosiy e'tibor esa dasturiy ta'minotga qaratiladi.

Anjumanga bugun soat 22:00da start beriladi - Tech Mail.ru uni töğridan töğri translyatsiya qiladi. Hozirça esa, Microsoft nima namoyiş qilişi mumkinligi borasidagi taxminlar bilan bölişdi.

 

Windows'ning navbatdagi yangilanişi

Microsoft sentabr oyida Windows 10'ni yangilaşni rejalaştirmoqda va ehtimol, bugun şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişar. Redstone 3 nomini olgan navbatdagi yangilaniş vazifalar panelida kontaktlarni saqlaş va sozlamalarining kengaytirilgan funksiyalarini öz içiga oladi. Şuningdek Microsoft bugun Project Neon hamda Windows 10 grafik interfeysidagi özgarişlar haqida batafsil ma'lumot berişi kutilmoqda.

Ma'lumki, Microsoft korporatsiyasi Windows uçun iş stoli ilovalarini ARM mobil protsessorlari bilan qöllab-quvvatlaşni ta'minlaşni rejalaştirmoqda va ehtimol, bugun biz buning aniq sanasi haqidagi ma'lumotga ega bölarmiz. Qualcomm'da ta'kidlanişiça, Windows boşqaruvi ostida işlovçi ARM çipsetli ilk noutbuklar 2017 yilning törtinçi çoragida paydo böladi, lekin ehtimol, Microsoft bugun bu kompyuterlar bilan aynan qanday Windows 10 ta'minlanişi haqida aytar.

 

Cortana kolonkalari

Microsoft şu haftada ovozli assistentli Cortana ot Harman Kardon kolonkalarini rasman taqdim etdi. Bu dinamikalarning paydo bölişi Cortana pozitsiyasini kuçaytiriş sari qöyilgan navbatdagi qadam böldi. Yaqin oylarda biz boşqa işlab çiqaruvçilarda ham şunday qurilmalarini körişga muvaffaq bölsak kerak.

Foto: Hi-tech.mail.ru

Şuningdek Microsoft işlab çiqaruvçilar uçun Cortana bilan işlaş böyiça jihozlar töplamini işlab çiqmoqda va biz bu kelgusi qurilmalar uçun salohiyatli integratsiya namunalarini körişni kutmoqdamiz.