Oxirgi qadam. YeÇL finalidan oldingi eng sönggi uçraşuv haqida
|18:42 / 10.05.201713 9359 min
Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finali ikkinçi javob uçraşuvi Madrid derbisiga aylanadi. Tribuna.Uz final oldidan sönggi YeÇL uçraşuv tafsilotlariga batafsil töxtalib ötdi.
Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finali ikkinçi javob uçraşuvi Madrid derbisiga aylanadi. Tribuna.Uz final oldidan sönggi YeÇL uçraşuv tafsilotlariga batafsil töxtalib ötadi.
«Atletiko» – «Real» (2 may, 23:45, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)
Turinning «Yuventus» klubi dastlabki final yöllanmasini qölga kiritdi va uç haftadan söng bölib ötadigan öyinda öz raqibi kim bölişini bugun aniqlab oladi. Raqibning manzili aniq — Madrid. Faqat şaharning qaysi jamoasi bölişi hozirça noma'lum bölib turibdi. «Real»ning birinçi uçraşuvda 3:0 hisobda ğalaba qozongan va tarixda bunday yutuqdan keyin, faqat ijobiy natijalar qayd etganini hisobga oladigan bölsak, aynan Zidan jamoasi bölişi haqiqatga yaqin bölib qolmoqda.
Ammo Diyego Simeone va uning şogirdlari taslim böliş niyati yöq. Murabbiyning fikriça uning jamoasi «hakam huştagi çalinmagunça, bir zum ham kuraşni töxtatmaydi». Bu esa bizni oldinda yana bir qiziqarli uçraşuv kutayotganidan dalolat beradi.
Özaro uçraşuvlar tarixi
Foto: Twitter@ucl
Yevrokuboklarda ikki jamoa örtasidagi töqnaşuvlar tarixi titkilansa birinçi navatda darhol ikki final uçraşuvi yodimizga tuşadi. Ammo jamoalar bundan taşqari 2014/2015 yilgi mavsumda YeÇL çorak finalida ham özaro röbaro‘ kelişgan. «Visente Kalderon»da hisob oçilmagan bölsa, «Bernabeu»da yagona gol öyin taqdirini mezbonlar foydasiga hal qilgandi. Umumiy yevrokuboklar statistikasi «Atletiko» uçun quyidagiça: «Real»ga qarşi yevrokubok pley-offlarida 4ta töqnaşuv (1959-yilda ham uçtalik öyinda «Real» ğolib çiqqan) barçasida «qaymoqranglilar» uçun kerakli natija bilan tugagan.
Qiziqarli faktlar va raqamlar
Atletiko Madrid
Foto: Twitter@realmadrid
Mavzuga oid
— «Atletiko» Yevropa çempionlar ligasining (YeÇK) yarim finalida 5 marta iştirok etgan va ularning sönggi uçtasida final yöllanmasini qölga kiritgan. Sönggi marta jamoa yarim finalga çiqib, 1971 yilda ikki uçraşuv natijasiga köra («Ayaks»ga 1:0, 0:3) mağlubiyatga uçragan;
— «Atletiko» YeÇL (YeÇK) yarim finallarida öz uyida ötgan birorta uçraşuvda mağlubiyatga uçramagan (4Ğ, 1D). Birgina durang ham «Çelsi»ga qarşi mehmondagi uçraşuvda 3:1 (2014 yil) hisobida ğalaba bilan qaytilganidan keyin qayd etilgan;
— «Atletiko» bugun yevrokuboklar bilan xayrlaşadigan «Visente Kalderon» stadionida 35 uçraşuv ötkazgan bölib, ularning 29tasida ğalaba qozongan, 2 marta ğalaba qozongan. Jamoa uy stadionida sönggi 10 uçraşuvdan buyon mağlubiyatga (8Ğ, 2D) uçramay kelmoqda. Bu mavsumda esa ötkazilgan 5 uçraşuvning 4tasida jamoa ğalaba qozongan;
— «Atletiko» yevrokuboklarda ispan jamoalariga qarşi 21ta uçraşuv ötkazib, 8 ğalaba, 5 durang va 8 mağlubiyat qayd etgan. Öz uyida ötkazgan uçraşuvlarda jamoa ispan klublariga biror marta ham mağlubiyatga uçramagan — 6 ğalaba, 2 durang. Ikki uçraşuvdan iborat pley-offlardagi körsatkiç esa 5 ğalaba, 3 mağlubiyatdan iborat. Ya'ni «Atletiko» uç marta ispan jamoasiga ikki öyin natijasiga köra yutqazib, musobaqadan çiqib ketgan;
— 1959 yilgi mavsum yarim finalidagi Madrid derbisidan söng, «Atletiko» faqatgina Yevropa ligasi (2011/12 yilgi mavsum) yarim finalida Ispaniya jamoasiga röbaro‘ kelgan. Öşanda jamoa «Valensiya»ni ikki uçraşuv natijasiga köra, 5:2 (öyda 4:2, mehmonda 1:0) hisobida ğalaba qozonib, finalga yöllanma olgan;
— «matrasçilar» UYeFA tasarrufidagi musobaqalarning pley-off bosqiçlarida 19 marta dastlabki uçraşuvda yutqazib, 9tasida keyingi bosqiçga çiqqan, 10tasida imkoniyat boy berilgan. Sönggi marta jamoa 2008/09 yilgi YeÇL saralaş bosqiçida «Şalke»ga birinçi öyinni boy berib (0:1) javob uçraşuvidagi ğalaba (4:0) evaziga keyingi bosqiçga yöllanma olgan.
— «Atletiko» 1981/1982 yilgi mavsum UYeFA kubogi saralaş bosqiçida «Boavişta» klubiga birinçi uçraşuvda uçta töp farqi bilan yutqazib (1:4), javob uçraşuvida bu farqni yöqqa çiqara olmagan (3:1).
Real Madrid
Foto: Twitter@realmadrid
— «Real» YeÇL va eski formatdagi YeÇKni qöşib hisoblaganda yarim final yöllanmasini 27 marta qölga kiritgan. Bu safar 28-marta şu bosqiçda qatnaşmoqda;
— «Real» YeÇL yarim finallarida mehmonda ötkazgan uçraşuvlarning sönggi yettitasidan faqat bittasida («Bavariya», 2014 yil) ğalaba qozongan (2 durang, 4 mağlubiyat), yarim finallarning umumiy statistikasida esa jamoa mehmonda 5ta ğalabaga erişgan (6D, 16M);
— «Real» bu yilgi YeÇL mavsumida umuman mağlubiyatga (8Ğ, 3D) uçramayapti. Pley-off bosqiçining barça uçraşuvida jamoa ğalaba qozongan.
— «Qirollik klubi» ötgan yili YeÇL çorak finalida «Volfsburg»dan çorak finalda (0:2) mağlub bölganidan buyon mehmonda 11 uçraşuv ötkazib, ularning birortasida mağlubiyatga uçramay kelmoqda. Ularning oltitasida jamoa ğalaba qozongan;
— «Real»ning ispan jamoalariga qarşi yevrokuboklardagi statistikasi qöyidagiça — 12Ğ, 6D, 3M (mehmonda 2Ğ, 3D, 2M). Ix rekord v dvunogix svyazyax - W5 L2.
— bu «Real»ning YeÇLda beşinçi marta ispan jamoasiga qarşi yarim final uçraşuvini ötkazişi. Bungaça jamoa 1959 yilda «Atletiko»ni mağlubiyatga uçratgan bölsa,qolgan barça töqnaşuvlar «Barselona»ga qarşi bölib ötgan. Jamoa kataloniyaliklarni ikki marta (1959/60, 2001/02) mağlub etgan bölsa, bir safar imkoniyatni boy bergan (2010/11).
— «Real» 2011 yilda «Barselona»dan uçralgan mağlubiyatdan keyin ispan jamoalariga qarşi yevrokuboklarda 8 uçraşuv ötkazib, biror marta ham mağlubiyatga uçramagan..
— «Real» pley-off bosqiçining dastlabki uçraşuvini öz uyida ötkazib, ğalaba qozongan 58 uçraşuvning 45tasida keyingi bosqiçga yöl olgan (sönggi marta joriy mavsum 1/8 finalida «Napoli»ga qarşi);
— jamoa öz uyidagi dastlabki uçraşuvda 3:0 hisobida ğalaba qozongan holat 9 marta (sönggi marta 2014 yil «Borussiya»ga qarşi, javob uçraşuvida 0:2 yutqazgan) kuzatilgan bölib, keyinçalik öşa qarama-qarşilikning barçasida «Real» keyingi bosqiçga yöllanma olgan. Jamoa bu töqnaşuvlarda köpi bilan ikkita gol ötkazib yuborgan va bu holat yetti marta kuzatilgan.
Yöqotişlar
«Real» tarkibida Garet Beyl maydonga tuşa olmasligi aniq bölib ulgurgandi. Bu safar uning safiga Dani Karvaxal ham qöşildi. Şuningdek Pepening ham maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda.
«Atletiko» tarkibida Fernandes jarohati sabab uçraşuvni ötkazib yuboradi. Xuanfran va Xose Ximenesning maydonga tuşiş-tuşmasligi bugungi fitness testlardan söng aniq böladi. Şime Vrsalkoning iştiroki esa hamon söroq ostida qolmoqda
Taxminiy tarkiblar
Foto: soccer365
«Real» ötgan uçraşuvga nisbatan bitta özgarişni amalga oşirişi kutilmoqda. Jarohat olgan Karvaxal örnini öng qanotda Naço egallaşi kutilmoqda. Atletiko» tarkibida esa öng qanotning asosiy futbolçisi Xuanfran maydonga tuşsa, öşa çiziq yagona özgariş böladi. Bir söz bilan aytganda ikkala jamoada ham yagona özgariş öng qanot himoyasida bölişi kutilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi