Yaqin orada Şarof Raşidov köçasini Mustaqillik maydoni bilan boğlaydigan yöl qismi qayta oçilişi rejalaştirilmoqda.
10 may kunidan M-4 mavzesidagi bir vaqtlar yöl bölgan, keyinçalik kökalamzorlaştirilgan hududda işlar boşlab yuborilgan. Şahar obodonlaştiriş xizmati işçilari yoş daraxtlarning yon-atrofini kovlaşgan. Kasallangan va keksa daraxtlar kesib taşlaş uçun röyxatga olingan.

Obodonlaştiriş bölimi vakilining sözlariga köra, yoş va yaxşi holatdagi daraxtlarning barçasi boşqa joylarga köçiriladi. Bu işlar "Jasorat" yodgorligidan Mustaqillik maydoniga eltuvçi yölni qayta tiklaş sababli amalga oşirilmoqda.

Biroq, hozirça, yölning qaçon oçilişi ma'lum emas. Bu esa Navoiy, Amir Temur köçalaridagi avtomobil oqimini birmunça kamaytiriş imkonini beradi.



















