AQŞ prezidenti Donald Tramp MQB (FBI) rahbari Jyeyms Komining iste'foga çiqarilişiga izoh bildirdi.
Uning aytişiça, Komi köpçilikning hurmatini yöqotgan va bu orqali MQBning ham mavqeyi tuşib ketgan.
«Komi Vaşingtonda, respublikaçilar va demokratlar orasida ham hurmatini yöqotgan edi. Uning örnini yaxşiroq işlaydigan va foydasi tegadigan odam egallaydi. Umid qilamiz, yangi kelgan odam MQBning mavqeyini tiklaşga hissa qöşadi. Hammasi tinçib ketganidan keyin hali menga rahmat aytişadi»,- deb yozadi Tramp özining tvitterdagi mikroblogida.
10 may kuni Komi öz vazifasidan ozod etilgani e'lon qilingandi. Bu haqda unga telefon orqali xabar qilişgan.
Komi bu lavozimga avvalgi prezident Barak Obama tomondan 2013 yilda 10 yillik muddatga tayinlangandi. Komi bu muddatni töliq işlaşni rejalaştirgandi.
Komi Trampga qarşi uning «Rossiya bilan aloqalari» yuzasidan tekşiruv olib borayotgan edi, uning bunday aloqalarini Oq uy ham, Kreml ham rad etadi.












