Kun ham botdi. Kimgadir yaxşilik ulaşdim, kimningdir muammosini hal qildim, yana kimlarningdir köngliga bilib-bilmay ozor yetkazdim. Ortda qolgan yana bir kunni sarhisob qilib, iş va turmuş öylovlaridan bir muddat beixtiyor çekinib, firdavsmonand şahrimizning sölim va fayzli köçalarini yolğiz sayr etişni könglim istadi.

Buxoro. Sening har bir qariç yering, bahavo boğlaring, ne-ne buyuk siymolarning ruhi poki qovuşgan tuproğing, jahon ahli körişga orzumand bölgan köhna obida-yu qadamjolaring, men uçun aziz.

Köhna va boqiy ona şaharning obod köçalaridan bormoqdaman. Odam gavjum. Kimdir işidan qaytmoqda, kimdir farzandini yetaklab sayrga olib çiqqan, ravon köçalarda maşinalar serqatnov, ahyon-ahyondan töy-tantana va xursandçilik ovozlari quloqqa çalinadi. Bularning bari, Alloh nazari tuşgan ölkamizda tinçlik va osoyiştalik hukmronligidan darak.

Bugun xalqimiz töq, turmuşimiz farovon, dasturxonlarimiz tökin, eng asosiysi, könglimiz xotirjam. Şu xotirjamlikka berilib, ajdodlarimiz qadrlagan va e'zozlagan ibo-hayo, raşk, or-nomus kabi oliy tuşunçalar ustidan tepkilab ötmayapmizmi? Hatto, ayrimlarimiz bunaqa tuyğularning borligini ham tan olgimiz kelmaydi. Göyoki, mustaqil mamlakatning erkin fuqarolarimiz-u, könglimiz tusagan işni va xohişni bajaraveramiz. Şu zaylda oramizda unib-ösayotgan tubanlik, behayolik, «zamonaviylik» tobora ildiz otib boraveradi. Ularning  payini qirqiş, tag-tomiri bilan yöq qiliş örniga, suğoramiz, farzandlarimiz uçun «örnak» bölamiz.

Şunday jannatmakon yurtimizda farzandlarimizning kelajagi, ularning kamoli yölida barça şart-şaroitlar yaratilgan-u, nega bizning özimiz ularning taqdiriga befarqmiz, nega öspirin yigitlarimiz va endigina böyi yetib qolgan qizlarimizning tarbiyasiga, ular bugun nima iş bilan maşğul ekanligiga panja ortidan qaraymiz...

Vaqt allamahal bölibdi hamki, men fayzli köçalarni kezişda davom etmoqdaman. Yöl çetidan xayol surib ketar çoğim oq rangli «Neksiya» avtomaşinasi yonimga kelib töxtadi. Maşina oynasi xiyol tuşurildi-yu, içkaridan menga qarata, «Ey bratan, Gulliver kafesi qayerda», degan savol berildi. Ular söragan kafe şu köçada joylaşganligi uçun «Yana 50 metr yurasizlar», deb javob berdim.

Avtomaşina salonida taxminan 7 nafar öspirin, ular orasida 4 nafar yoşgina qiz bor edi. Avtomaşinaning xiyol tuşurilgan oynasidan burqsib çiqayotgan tamaki tutunidan, «bu maşina emas tandirxonaga öxşaydi, undagi öspirinlar şu tandirga solingan ötin kabidir», degan xulosaga kelasan kişi. Yoşlar öta «madaniyatli» ekanlarki, ulardan na «salom»ni, na «rahmat»ni eşitdim. Taxminan 50 metr çiqadigan masofaga avtomaşina öqday uçib bordi göyo.