«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes öz kelajagi borasida bir qarorga kelib bölgan.
Le Parisien ma'lumotiga köra, futbolçi keyingi mavsumda Myunxenning «Bavariya» jamoasi safida öynay boşlaydi. Çililik futbolçini Germaniyaga ötişga vatandoşi Arturo Vidal köndirgan.
Şuningdek transfer qiymati ham ma'lum qilingan - 40 mln yevro.
Bundan avvalroq Sançes öz kelajagini mavsum yakunida «kanonirlar» boş murabbiyi Arsen Venger bilan muhokama qilmoqçi ekani aytilgandi.
Unga nemislar jamoasidan taşqari «PSJ», «Mançester Siti», «Çelsi» va «Yuventus» klublari talabgor bölib turibdi.
Joriy mavsumda uşbu 28 yoşli futbolçi Angliya çempionatida 35 uçraşuvda maydonga tuşdi va 20 gol urdi.












